«MYU» «Old Trafford»da oʻz tarixida ilk bor bir kishi koʻp boʻla turib magʻlub boʻldi
«Manchester Yunayted» o‘z tarixida ilk bor raqib oʻyinchisi maydondan chetlatilgandan keyin Angliya Premyer-ligasida «Old Trafford»da mag‘lub bo‘ldi. Bu haqda Opta Sport xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, bungacha bunday holat 36 bor qayd etilgan va ularning barchasida «qizil iblislar» g‘alaba qozongan, yana 10 uchrashuv durang bilan yakunlangan.
Eslatib o‘tamiz, «Manchester Yunayted» o‘z maydonida «Everton»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvning 13-daqiqasidayoq mehmonlar maydonda bir kishi kam boʻlib qoldi — Idrissa Guye Maykl Kinning yuziga tepganidan keyin to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka oldi.
Hozirgi vaqtda har ikki jamoa 18 ochkoga ega: «Manchester Yunayted» Premyer-liga turnir jadvalida 10-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, «Everton» 11-pog‘onada joylashgan.