«MYu» Maykl Kerrik bilan shartnomani 2029 yilgacha uzaytirmoqchi — Skira
Tomonlar o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda.
ФОТО: Getty images
"Manchester Yunayted" rahbariyati jamoaning vaqtincha bosh murabbiyi Maykl Kerrik bilan yangi ikki yillik shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishishni rejalashtirmoqda. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
"Manchester Yunayted" Maykl Kerrikka 2029 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma taklif qilishga tayyor», — deb yozdi Skira.
44 yoshli Maykl Kerrik 2026 yil 13 yanvardan buyon "Manchester Yunayted"ning vaqtincha bosh murabbiyi sifatida ishlab kelmoqda.
Angliya Premer-ligasi 2025/2026 yilgi mavsumining 36 turidan so‘ng "Manchester Yunayted" 65 ochko bilan musobaqa jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi. 79 ochko to‘plagan "Arsenal" esa peshqadamlik qilmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist