locale OZ

\"MYU\" \"Inter\" futbolchisini sotib olmoqchi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"MYU" "Inter" futbolchisini sotib olmoqchi
Photo: Getty Images

"Manchester Yunayted" "Inter" jamoasidan yarim himoyachi Davide Frattezi bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda Caught Offside.

Manbaga ko‘ra, "neradzurrilar" 25 yoshli futbolchining narxini 50 million yevrodan 35 million yevroga tushirgan. Frattezining o‘zi esa hali kelajagi borasida aniq qarorga kelgani yo‘q.

"Manchester Yunayted" futbolchi uchun yagona da’vogar emas. Uning xizmatlariga "Tottenxem", "Atletiko Madrid" va "Roma" klublari ham qiziqish bildirmoqda.

O‘tgan mavsumda Frattezi barcha turnirlarda 47 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portalidagi ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 35 million yevroga teng.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting