locale OZ

\"MYU\" darvozaboni jamoada qoladi

Transfermarkt ingliz futbolchining narxini 200 ming yevroga baholamoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"MYU" darvozaboni jamoada qoladi
Photo: Getty Images

"Manchester Yunayted" darvozaboni Tom Xiton jamoada qoladigan bo‘ldi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, "qizil iblislar" uchinchi darvozaboni bilan shartnomani yana bir yilga uzaytirish borasida kelishuvga erishgan.

Ta’kidlanishicha, Ruben Amorim murabbiylar shtabi klubning ushbu qarorini ma’qullagan. Tez orada bu haqda rasmiy e’lon qilinishi kutilmoqda.

U 2021 yildan buyon jamoaning yoshlar tarkibida maydonga tushib keladi. 39 yoshli darvozabon asosiy jamoada 3 ta o‘yinda maydonga tushgan va birorta ham gol o‘tkazib yubormagan. Transfermarkt ingliz futbolchining narxini 200 ming yevroga baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting