locale OZ

MYU 39 yoshli darvozaboni bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
MYU 39 yoshli darvozaboni bilan shartnomani uzaytirmoqchi
Photo: Getty Images

"Manchester Yunayted" 39 yoshli darvozabon Tom Xiton bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, "Manchester Yunayted" Xiton bilan shartnomani yana bir mavsumga uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni boshladi. Murabbiylar shtabi uning yosh futbolchilar bilan ishlashga qo‘shgan hissasini yuqori baholagani uchun shunday qarorga kelmoqda.

Tom Xiton avval "Manchester Yunayted" yoshlar jamoasida o‘ynagan. Darvozabon 2004 yildan 2010 yilgacha klubga tegishli bo‘lgan. Bu davrda Xiton ko‘pincha boshqa jamoalarda ijarada o‘ynagan va Manchester klubida birorta ham o‘yin o‘tkazmagan.

Angliyalik futbolchi 2021 yilda, 35 yoshida, "Manchester Yunayted"ga qaytgan va "qizil iblislar" safida jami 3 ta o‘yinda maydonga tushgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting