locale OZ

Mxitaryan: «Yosh futbolchilar uchun o‘rnak bo‘lishga harakat qilaman»

Futbolchi klub bilan amaldagi bitimini uzaytirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mxitaryan: «Yosh futbolchilar uchun o‘rnak bo‘lishga harakat qilaman»
ФОТО: Getty images

«Inter» yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan professional faoliyatidagi 20-mavsum oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bu mening professional futboldagi 20-mavsumim. Men juda baxtliman va bu men uchun katta ahamiyatga ega. Demak, faoliyatim davomida ko‘p narsani to‘g‘ri qilganman. Aynan shu sababli ham shuncha yil yuqori darajada o‘ynay oldim.

Men jamoada eng katta yoshli futbolchiman va yoshlarga o‘rnak bo‘lishga harakat qilaman. Hammasini to‘g‘ri bajarishga va ular o‘rganishi mumkin bo‘lgan jihatlarni ko‘rsatishga intilaman. Bu juda muhim, chunki men ularga yordam berishim kerak. Buni maydonda ham, maydon tashqarisida ham amalga oshirishga harakat qilaman. Qolgani esa ularga bog‘liq — o‘rganishni xohlasalar, bu ularning tanlovi. Biz bitta jamoadamiz, bitta oilamiz va maqsadlarimizga birgalikda erishishimiz kerak», — dedi Mxitaryan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Inter» 37 yoshli armanistonlik yarim himoyachi bilan shartnomani 2027 yil 30 iyungacha uzaytirganini rasman e’lon qilgandi.

O‘tgan mavsumda Mxitaryan barcha musobaqalarda 39 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting