locale OZ

Muhammadali Urinboev Belgiya klubida debyut qildi

O‘zbekistonlik futbolchi “Antverpen” safida o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olamsport.uz

O‘zbekistonlik hujumkor yarim himoyachi Muhammadali Urinboev yaqinda Belgiya “Antverpen” klubiga o‘tdi. Turli manbalarga ko‘ra, “Paxtakor” uning transferi uchun 350 mingdan 500 ming yevrogacha mablag‘ olgan.

Urinboev yangi jamoasi safida ilk bor maydonga tushdi — u “Nordshelland”ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida 45 daqiqa o‘ynadi. Bellashuv 0:0 hisobida yakunlandi.

Eslatib o‘tamiz, transfer amalga oshirilgan paytda Belgiyadagi ba’zi muxlislar “Antverpen” sport direktoriga o‘zbek futbolchisini olib kelgani uchun tanqidlar bildirgan edi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting