locale OZ

“Qalloblar to‘dasi”: Yevropada o‘zbek futbolchisidan norozilik bildirildi

Muhammadali Urinboevning “Antverpen”ga o‘tishi muxlislar orasida bahslarga sabab bo‘ldi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: UFA

O‘zbekistonlik yosh futbolchi Muhammadali Urinboevning Belgiya “Antverpen” klubiga o‘tganini muxlislar tanqid ostiga oldi. Fergana.media nashriga ko‘ra, ayrim muxlislar klub rahbariyati, xususan, sport direktori Mark Overmarsni “diletantlar” va “qalloblar to‘dasi” deb atashgan.

Urinboev “Antverpen” bilan to‘rt yillik shartnoma imzoladi. Transferning taxminiy qiymati — 500 ming yevro. Muxlislar bu qarorni Overmars tomonidan qabul qilingan navbatdagi bahsli qadam sifatida baholashmoqda. Avvalroq ular klubning asosiy himoyachisi Jelya Batayani erkin agent sifatida yo‘qotilganidan ham norozi bo‘lishgan edi.

Shu bilan birga, Voetbalprimeur nashri Urinboevning transferi klubning umumiy strategiyasiga mos kelishini ta’kidlagan. Yevrokuboklardan chetlatilgan va moliyaviy imkoniyatlari cheklangan “Antverpen” asosiy e’tiborni arzon va istiqbolli futbolchilarga qaratayotgan edi. Urinboevdan tashqari, klub Jeffri Hayremans, Daam Foulon va yapon darvozaboni Taisi Nodzava bilan ham shartnoma imzoladi — va bu transferlar muxlislar tomonidan odatdagidek qabul qilindi.

20 yoshli Urinboev uchun bu — Yevropadagi ilk professional tajriba hisoblanadi. U avval Toshkentning “Paxtakor” jamoasida o‘ynagan, 2023 yilda esa Angliyaning “Brentford B” klubida ijarada to‘p surgan. U yoshlar o‘rtasidagi O‘zbekiston terma jamoasi sardori ham hisoblanadi. Shu bilan birga, Urinboev — Jyupile Liga tarixida to‘p surgan birinchi o‘zbek futbolchisiga aylandi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting