Muhammad Saloh Yevropaning eng yaxshi klubi qaysiligini aytdi
“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh UEFA Chempionlar Ligasi 1/8 finalidan o'rin olgan PSJ'ga qarshi o'yinni yodga olib, parijliklarni Yevropaning eng yaxshi jamoasi deya e'tirof etdi.
“Mag'lubiyatdan so'ng PSJ futbolchilarini tabrikladim va ularga turnirda g'alaba tiladim. Jamoamiz mavsum boshida ajoyib formada edi, mart oyida esa pasayish kuzatildi. Va o'sha vaqtda biz Yevropaning eng yaxshi jamoasi bilan to'qnash keldik.
Birinchi o'yinda bizga omad kulib boqdi. Alisson “Liverpul” uchun eng yaxshi o'yinini o'tkazdi. Keyin “Enfild”da javob o'yini bo'lib o'tdi. Biroq omadimiz kelmadi, biz bir necha bor darvoza ustunini poyladik”, - deydi misrlik hujumchi.
Eslatib o'tamiz, PSJ Chempionlar Ligasining yarim finalida “Arsenal”ga qarshi bahs olib boradi. Dastlabki bahs 1:0 hisobida parijliklar foydasiga hal bo'lgandi.