Mourinyuning «Real»dagi ilk vazifasi maʼlum
Madridning «Real» klubi boshqaruviga kelishi kutilayotgan portugaliyalik murabbiy Joze Mourinyu oldiga birinchi navbatda hujumchilar Kilian Mbappe va Vinisius Junior bogʻlamini yuqori darajaga olib chiqish vazifasi qoʻyildi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Manba bergan maʼlumotlarga koʻra, «Qirollik klubi» rahbariyati ushbu futbolchilarning birortasini sotish variantini umuman koʻrib chiqmayapti. Chunki klub ularni «qaymoqranglilar» loyihasining kelajagi sifatida koʻrmoqda. Qayd etilishicha, Mourinyuning asosiy vazifasi Mbappe va Vinisius tandemini nafaqat Ispaniyada, balki Chempionlar ligasida ham eng raqobatbardosh juftlikka aylantirishdan iborat boʻladi.
Braziliyali hujumchining amaldagi shartnomasi yakunlanishiga bir yil vaqt qolgan boʻlsa-da, tomonlar oʻrtasidagi muzokaralar asta-sekin oldinga siljimoqda. «Real» rahbariyati yangi bitim JCh-2026 boshlanishiga qadar rasman imzolanishiga toʻliq ishonmoqda.