Mourinyuning «Real»da qancha maosh olishi maʼlum
Madridning «Real» klubi jamoa bosh murabbiyligiga tayinlanishi kutilayotgan Joze Mourinyuga yiliga 6 million yevro maosh toʻlaydi. Ushbu summa «qaymoqranglilar»ning sobiq ustozi Xabi Alonsoning maoshiga yaqin hisoblanadi. Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.
Manbaning yozishicha, ayni damda portugaliyalik mutaxassis klub bilan necha mavsumga moʻljallangan shartnoma imzolashi hozircha nomaʼlumligicha qolmoqda.
Shuningdek, Sport.es nashri «Real» Mourinyuning amaldagi klubi «Benfika» bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilgani uchun Portugaliya tomoniga 7 million yevro tovon puli toʻlashi haqidagi xabarlarni tasdiqladi.
Eslatib oʻtamiz, Xabi Alonso madridliklarni 2025 yilning yozidan 2026 yilning yanvariga qadar boshqargan edi. Joze Mourinyo esa muqaddam 2010–2013 yillarda ham ushbu Ispaniya grandida faoliyat olib borgan.