locale OZ

Mourinyu «Real»ga oʻtish-o‘tmasligidan qat'i nazar «Benfika»dan ketishga qaror qildi

Portugaliyalik mutaxassis va klub oʻrtasida kichik nizo paydo boʻldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mourinyu «Real»ga oʻtish-o‘tmasligidan qat'i nazar «Benfika»dan ketishga qaror qildi
FOTO: Getty Images

«Benfika» bosh murabbiyi Joze Mourinyu Madridning «Real» klubiga tayinlanish-tayinlanmasligidan qatʼi nazar, Lissabon jamoasini tark etishga qaror qildi. Portugaliyalik mutaxassisning ushbu ketishi «fojiali emas, ammo doʻstona ham emas». Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Manbaning xabariga koʻra, Mourinyuning payshanba kuni klubdan shartnomani uzaytirish boʻyicha taklif olgani va buni yakshanba kungi oxirgi oʻyingacha koʻrib chiqmasligini ommaviy ravishda eʼlon qilgani «Benfika» rahbariyatiga yoqmagan. Oʻz navbatida, murabbiy ham klubning yangi shartnoma borasida uzoq vaqt choʻzib yurganidan va faqatgina «qirollik klubi» qiziqish bildira boshlagandagina taklif bilan chiqqanidan norozi boʻlgan.

Agar Florentino Peres Madrid klubidagi prezidentlik saylovlarida gʻalaba qozonolmasa ham, Mourinyu baribir «Benfika»da qolmaydi. Biroq, Peresning saylovda yutqazish ehtimoli juda past baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting