Mourinyu «Real»ga keliboq Kamavingani sotib yubormoqchi
Yaqin kunlarda Madridning «Real» klubi bosh murabbiyiga aylanishi kutilayotgan «Benfika» ustozi Joze Mourinyu yarimhimoyachi Eduardu Kamavinganing xizmatlariga ehtiyoj sezmayapti. Bu haqda jurnalist Migel Serranoga tayanib, Defensa Central nashri xabar bermoqda.
Manba bergan maʼlumotlarga koʻra, portugaliyalik mutaxassis fransiyalik futbolchini sotib yuborishni va uning oʻrniga «Vulverxempton» yarimhimoyachisi Joao Gomesni xarid qilishni rejalashtirmoqda. Mourinyuga aynan oʻzi «toʻliq ishonadigan» futbolchilar kerakligi, Kamavinga esa uning bu boradagi rejalariga kirmasligi alohida taʼkidlangan.
Joriy mavsumda Camavinga barcha turnirlar doirasida 43 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Oʻyinchi va klub oʻrtasidagi amaldagi shartnoma 2029 yilning yoziga qadar imzolangan. Transfermarkt portali fransiyalik yarim himoyachining bozor qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.