locale OZ

Mourinyo Shlotterbekni «Real»ga olib kelmoqchi

Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, uning bozor qiymati taxminan 55 million yevroni tashkil etadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mourinyo Shlotterbekni «Real»ga olib kelmoqchi
ФОТО: Getty images

Agar “Real” bosh murabbiy sifatida Joze Mourinyo tayinlansa, Germaniyadan himoyachi xarid qilinadi.

Jurnalist Andres Martinezning xabar berishicha, “Borussiya D” himoyachisi Niko Shlotterbek “Real”ning asosiy transfer nishoniga aylangan.

Manbaga ko'ra, portugaliyalik mutaxassis 23-may kuni bo'lib o'tgan Germaniya Kubogi finali — “Bavariya” va “Shtutgart” o'rtasidagi o'yinni kuzatgan.

Germaniyaga tashrifi davomida u Shlotterbek atrofidagilar bilan ham uchrashib, futbolchining “Real”ga ehtimoliy transferini muhokama qilgan.

Futbolchi 2022-yilda “Frayburg”dan “Borussiya D”ga 20 million yevro evaziga o'tgan. Uning amaldagi shartnomasi 2031-yil iyuniga qadar mo'ljallangan.

Yakunlangan mavsumda himoyachi 37 ta o'yinda ishtirok etib, 5 ta gol va 2 ta golli uzatma qayd etgan. Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, uning bozor qiymati taxminan 55 million yevroni tashkil etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting