Mourinyo «Real»ga Yan Diomand transferini ma'qulladi
Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo «Leyptsig» qanot hujumchisi Yan Diomand nomzodini jamoaning asosiy transfer maqsadi sifatida ma'qulladi. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida ma'lum qildi.
Manbaga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis klub rahbariyatiga hujum chizig‘ida «yanada ko‘proq tezlik» va yangi kuchlarga ehtiyoj borligini bildirgan. Shu sababli 19 yoshli ivuarlik futbolchi «Real»ning asosiy transfer nishonlaridan biriga aylangan.
Avvalroq Bild nashri madridliklar Diomand uchun 100 million yevro taklif qilishga tayyor ekanini xabar qilgan edi.
Futbolchi o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 36 ta uchrashuvda ishtirok etib, 13 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Futbolchining «Leyptsig» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt ma'lumotiga ko‘ra, uning bozor qiymati 90 million yevroga baholanmoqda.