locale OZ

Mourinyo «Real»ga qaytsa, 10 nafar futbolchi bilan xayrlashishi mumkin

Bu haqda Marca xabar berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
ФОТО: Getty images

«Benfika» bosh murabbiyi Joze Mourinyo «Real» jamoasiga tayinlanishiga yaqin ekani aytilmoqda.

Agar u "qaymoqranglilar" tarkibini yaqin tarixdagi eng yirik qayta qurishlardan biriga tayyorlamoqda. Bu haqda Marca xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, klub Mourinyoning taktik kontseptsiyasiga mos jamoa tuzish uchun 10 nafargacha futbolchi bilan xayrlashishi mumkin. Portugaliyalik mutaxassis uchun asosiy mezon — nom yoki avvalgi yutuqlar emas, balki intizom va psixologik barqarorlik bo‘ladi.

Qayta qurish jarayonida hatto Vinisius Junior kabi mashhur futbolchilar ham jamoani tark etishi mumkin. Umuman, murabbiy qaytgan taqdirda hech bir o‘yinchi sotilishdan to‘liq himoya qilinmagan.

Shuningdek, Eduardo Kamavinga, Dani Seballos, Ferlan Mendi, Andrey Lunin va Gonsalo Garcianing kelajagi ham so‘roq ostida. Federiko Valverde va Orilein Chuameni bo‘yicha ham qaror qabul qilinishi mumkin.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting