locale OZ

Mourinyo «Real» ustoziga aylansa, Rodrini jamoaga olib kelmoqchi

Transfermarkt portaliga ko‘ra, uning bozor qiymati 65 million yevroga baholanmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mourinyo «Real» ustoziga aylansa, Rodrini jamoaga olib kelmoqchi
ФОТО: Getty images

«Benfika» bosh murabbiyi Joze Mourinyo Madridning «Real» klubiga tayinlanishga yaqin turibdi va u «qaymoqranglar» safiga «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodrini olib kelishni istamoqda. Bu haqda Football Insider xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 29 yoshli futbolchining «shaharliklar»dagi kelajagi hozircha noaniq bo‘lib qolmoqda. Rodri 2027 yil yozigacha amal qiladigan shartnomasini hali uzaytirmagan. Shu bilan birga, «Manchester Siti» 2024 yil «Oltin to‘p» sohibi bo‘lgan futbolchini jamoada saqlab qolish niyatida.

Joriy mavsumda Rodri barcha musobaqalarda 32 ta uchrashuvda ishtirok etib, 2 ta gol urdi. Transfermarkt portaliga ko‘ra, uning bozor qiymati 65 million yevroga baholanmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting