locale OZ

Mourinyo «Real» hujumchisi Gonzalo Garcianing transferini blokladi — Marca

Forvard portugaliyalik murabbiyning rejalariga kiritilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mourinyo «Real» hujumchisi Gonzalo Garcianing transferini blokladi — Marca
ФОТО: Getty images

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo hujumchi Gonzalo Garcianing kelajagi borasidagi klubning transfer rejalariga aralashdi.

Portugaliyalik mutaxassis «qaymoqranglilar» rahbariyatiga hozir 22 yoshli futbolchini sotish uchun noqulay vaqt ekanligini ma’lum qildi, deb xabar beradi Marca.

Mourinyo ispaniyalik forvardni o‘zining taktik modeli uchun istiqbolli va qiziqarli o‘yinchi deb hisoblaydi. Portugaliyalik murabbiy mavsumoldi yig‘inlarida hujumchini diqqat bilan kuzatib borish va unga birinchi jamoada o‘zini ko‘rsatish imkoniyatini berish niyatida.

Yakunlangan 2025/2026 yilgi mavsumda Gonzalo Garcia madridliklarning asosiy jamoasi safida barcha turnirlarda 39 ta o‘yin o‘tkazib, sakkizta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting