Mourinyo «Real» bosh murabbiyi – Romano
Madrid klubi Joze uchun "Benfika"ga kompensatsiya to'laydi.
ФОТО: Getty images
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyligiga Joze Mourinyo tayinlandi.
Tomonlar 2028 yil yozigacha amal qiladigan shartnoma imzoladi, kelishuv to‘liq yakunlangan. Bu haqda mashhur insayder Fabritsio Romano o‘z ijtimoiy tarmoqlarida xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, “qaymoqranglar” murabbiyning amaldagi klubi — “Benfika”ga shartnomani muddatidan oldin bekor qilish uchun 6 million yevro kompensatsiya to‘laydi.
Shuningdek, avvalroq OAVda Mourinyoga “Real”da transferlar masalasida ham ovoz berish huquqi berilishi xabar qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, Joze Mourinyo avval ham 2010–2013 yillar oralig‘ida “Real”ni boshqargan. Uning qo‘l ostida jamoa Ispaniya chempionligi, Kubok va Superkubokni qo‘lga kiritgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist