Mourinyo «Real» bilan shartnoma imzoladi – Romano
Kelishuv 2029 yilning yozigacha amal qiladi.
ФОТО: Getty images
Portugalialik murabbiy Joze Mourinyo “Real” klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqda ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, mutaxassis bilan tuzilgan kelishuv 2029 yil iyunigacha mo‘ljallangan. Qayd etilishicha, shartnoma allaqachon imzolangan va kuchga kirgan. Mourinyo kelasi haftada Madridga yetib kelishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Mourinyo avval ham 2010 yil iyuldan 2013 yil iyunigacha «Real»ni boshqargan. U madridliklardan ketganidan so‘ng “Chelsi”, “MYu”, “Tottenxem”, “Roma”, “Fenerbaxche” va “Benfika” jamoalarida ham ishlagan.
Ma’lumot uchun, 2025/2026 yilgi mavsumda uning jamoasi Portugaliya chempionatida 23 ta g‘alaba, 11 ta durang qayd etgan va hali mag‘lubiyatga uchramagan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist