Mourinyo 10-iyun kuni «Real» bosh murabbiyi sifatida tanishtiriladi – Alvares
Murabbiy Joze Mourino bugun, 9-iyun kuni Madridga keladi, mutaxassisning Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi sifatidagi taqdimoti esa ertaga, 10-iyun kuni kutilmoqda. Bu haqda jurnalist Ramon Alvares de Mon ijtimoiy tarmoqda ma’lum qildi.
Avvalroq Florentino Peres prezidentlik saylovlaridagi g‘alabadan so‘ng portugaliyalik mutaxassisni “Qirollik klubi” bosh murabbiyi lavozimiga tayinlash haqida bayonot bergan edi.
Mourino 2010-yildan 2013-yilgacha “Real”da ishlagan. Uning qo‘l ostida jamoa Ispaniya chempionati, Kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan. O‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra “qaymoqranglilar” birorta ham sovrin yuta olmadi.
O‘tgan mavsumning birinchi yarmida Madrid klubini Xabi Alonso boshqargan, yanvar oyida u ishdan bo‘shatilganidan so‘ng klubni Alvaro Arbeloa boshqardi va u mavsum yakunida o‘z lavozimini tark etdi.