Mourino «Real» bilan shartnoma imzolab bo'lgan — manba
Murabbiyning ispan klubi bilan mehnat shartnomasi uch yilga mo‘ljallangan.
ФОТО: Getty images
Hozirda Lissabonning «Benfika» klubini boshqarayotgan murabbiy Joze Mourino Madridning «Real» klubiga qaytadi. Bu haqda The Athletic jurnalisti va insayderi Devid Ornshteyn X ijtimoiy tarmog‘ida xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis «qaymoqranglilar» bilan allaqachon shartnoma imzolagan. Murabbiyning ispan klubi bilan mehnat shartnomasi uch yilga mo‘ljallangan. Bu haqda 7-iyun kuni bo‘lib o‘tadigan «Real»dagi prezidentlik saylovlaridan so‘ng rasman e’lon qilinadi.
Mourino 2010-yildan 2013-yilgacha «Real»ni boshqargan. Uning qo‘l ostida jamoa Ispaniya chempionati, Kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan. O‘tgan mavsum yakuniga ko‘ra, «qaymoqranglilar» birorta ham sovrin yuta olmadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist