locale OZ

Mourino: «G‘alabaga ko‘proq loyiq edik. Lekin raqib ham yomon o‘ynamadi»

Madrid klubi ustozi “Espanyol”ga qarshi bahsdan so‘ng fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mourino: “G‘alabaga ko‘proq loyiq edik. Lekin raqib ham yomon o‘ynamadi”
ФОТО: Getty images
Ispaniya La Ligasi
22.08.2026, Yak.
Espanyol
1
Real Madrid
2

“Real” klubi bosh murabbiyi Joze Mourino La Liga doirasida “Espanyol” ustidan qo‘lga kiritilgan 2:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Menimcha, bugun biz g‘alabaga loyiq edik. Ammo “Espanyol” mag‘lubiyatga loyiq emasdi. Ikkinchi bo‘limni juda yaxshi o‘tkazdik va haqli ravishda g‘alaba qozondik. Raqib juda tartibli harakat qildi. Bunday uchrashuvda mag‘lub bo‘lish ular uchun qanchalik alamli ekanini tushunaman.

Zaxiradagi futbolchilar har doim maydonga tushib, jamoaga g‘alaba keltirishda yordam berishi mumkin. Bu juda muhim uch ochko”, — deya portugaliyalik mutaxassisning so‘zlarini Madrid Xtra keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, Mourino yoz boshida “Real”ga qaytdi. U avval 2010–2013 yillar davomida Madrid klubini boshqargan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting