Mourinio «Real»da Enrike usulidan foydalanmoqda
Mourinio «Real»da Enrike usulidan foydalanmoqda
Portugaliyalik mutaxassis mashg‘ulotlar vaqtida futbolchilarga ko‘rsatmalar berish uchun katta ekrandan foydalanishni boshladi.
«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinio mashg‘ulot jarayonida «PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike qo‘llaydigan usullardan birini jamoasiga tatbiq etdi. Portugaliyalik mutaxassis mashg‘ulotlarda katta ekrandan foydalanib, futbolchilarga taktik ko‘rsatmalar bermoqda.
The Touchline nashri «Real»ning mashg‘ulotidan olingan suratni e’lon qildi. Unda Mourinio futbolchilar qarshisida o‘rnatilgan katta ekran oldida turib, jamoaga ko‘rsatmalar berayotganini ko‘rish mumkin.
Luis Enrike esa «PSJ»dagi faoliyati davomida ushbu texnologik usuldan muntazam foydalanib keladi. «Real» bosh murabbiyi ham mashg‘ulot jarayonida katta ekran orqali futbolchilarga turli vaziyatlarni tushuntirish va taktik topshiriqlarni ko‘rsatishni yo‘lga qo‘ygan.
Madrid klubi ayni paytda «Atletiko»ga qarshi bo‘ladigan derbiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ikki jamoa 20 sentyabr, yakshanba kuni Ispaniya La Ligasi doirasida bahs olib boradi.
Ma’lumot uchun, Madrid derbisida dastlabki hushtak Toshkent vaqti bilan 19:15 da chalinadi. Ushbu bellashuv «Real» uchun chempionatdagi navbatdagi muhim sinov bo‘ladi.