locale OZ

Moriyasu: «Biz dunyoning narigi tomonidan Braziliya futbolchilari bilan suratga tushish uchun kelmaganmiz»

Yaponiya ustozining Braziliyaga qarshi o‘yin oldidan fikrlari.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Moriyasu: «Biz dunyoning narigi tomonidan Braziliya futbolchilari bilan suratga tushish uchun kelmaganmiz»
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
29.06.2026, Yak.
Braziliya
2
Yaponiya
1

Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi Hajime Moriyasu Braziliyaga qarshi bahs oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Hamma mendan Braziliyadan qo‘rqishimiz haqida so‘rayveradi. Nima uchun qo‘rqishimiz kerak? Ularning buyuk tarixi bor, lekin bugun tunda maydonga tarix tushmaydi. Biz ularning ramzini tomosha qilish yoki ularning o‘yinchilari bilan suratga tushish uchun dunyoning narigi tomonidan kelmaganmiz. Agar futbolchilarim Braziliya daxlsiz jamoa degan tasavvur bilan maydonga chiqishsa, u holda biz bosh hakam hushtak chalguniga qadar omadimizni boy beramiz. Har bir raqibni hurmat qilamiz, lekin hech kimga ulardan qo‘rqayotganimizni his qilish imkonini bermaymiz.

Ushbu turnir davomida Braziliyani diqqat bilan kuzatib bordim. Ular aqlbovar qilmas darajada individual kuchli va fantastik jamoa. Shu bilan birga, men ulardagi xatolarni, zaif nuqtalarni va ularga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan joylarni ham ko‘ryapman. Ular mukammal emas va o‘zlarini mukammaldek ko‘rsatish faqatgina bizning ishimizni osonlashtiradi”, - deydi Moriyasu.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting