locale OZ

«Monako» yangi bosh murabbiyini e'lon qildi

"Monako" ayni vaqtda Liga 1da 7 ta turda 13 ochko to‘plab, 5-o‘rinni egallab turibdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Monako» yangi bosh murabbiyini e'lon qildi
ФОТО: Getty images

"Monako" yangi bosh murabbiyini e'lon qildi.

Endilikda jamoani Sebastyan Pokonioli boshqaradi. Belgiya futboli vakili bo‘lgan 38 yoshli mutaxassis monegasklar bilan 2027 yil yozigacha shartnoma imzoladi.

U yaqinda iste'foga chiqarilgan Adi Hütterning o‘rnini egalladi. Hütter anchadan beri jamoani boshqarib kelayotgandi.

Pokonioli 2024 yildan beri "Union Sent-Jilluani" boshqargan edi. Uning qo‘l ostida jamoa Belgiya chempionligi va mamlakat superkubogini qo‘lga kiritdi.

Ma'lumot uchun, "Monako" ayni vaqtda Liga 1da 7 ta turda 13 ochko to‘plab, 5-o‘rinni egallab turibdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting