locale OZ

«Monako» Kasado bo’yicha kelishuvga erishdi – Blasker

Kelishuv shu hafta ichida to'liq yakunlanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Monako» Kasado bo’yicha kelishuvga erishdi – Blasker
ФОТО: Getty images

Yarim himoyachi Mark Kasado "Barselona"ni tark etmoqda.

Insayder Migel Blaskesning xabar berishicha, "Monako"ga transfer 95 foizga yakunlangan.

Kelishuv summasi taxminan 18 mln yevroni tashkil etadi, yana 5 mln yevroni esa Kataloniya klubi kelajakda bonuslar sifatida ishlab olishi mumkin.

"Barselona" shuningdek, o'yinchining kelajakdagi qayta sotuvidan 20 foiz ulushni o'zida saqlab qolish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. Kasadoning o'zi "Monako"da Kataloniya klubidagidan uch baravar ko'proq maosh oladi.

23 yoshli yarim himoyachining qaror qabul qilishida "Monako"ning Konferensiyalar Ligasiga yo'l olgani muhim rol o'ynadi, bu esa unga kelasi mavsumda yevrokuboklar amaliyotini kafolatlaydi. Kutilishicha, kelishuv shu hafta ichida to'liq yakunlanadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting