locale OZ

Modrich “Real”da qolishni istayotgan edi, biroq klub “yangi davr” boshlashga qaror qildi - Romano

Xorvatiyalik futbolchi mavsum oxirida jamoani tark etadi.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Modrich “Real”da qolishni istayotgan edi, biroq klub “yangi davr” boshlashga qaror qildi - Romano
FOTO: Getty Images

39 yoshli xorvatiyalik futbolchi Luka Modrich faoliyatini “Real”da davom ettirmoqchi edi, biroq “qaymoqranglilar” rahbariyati shartnomani uzaytirmaslikka va jamoada “yangi davr” boshlashga qaror qildi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Modrich har daoim rahbariyatning qarorlarini hurmat qilgan, shuning uchun u “Real”ni tark etadi va ular bilan yaxshi munosabatlarni saqlab qoladi.

Xorvatiyalik yarim himoyachisi klublar o'rtasidagi Jahon chempionatidan so'ng ispan grandini tark etishini e'lon qildi. Modrich 2012-yildan buyon “Los-Blankos” safida to'p surmoqda.

Bu davr ichida u barcha turnirlarda 590 ta o'yinda maydonga tushib, 43 ta gol urdi va 95 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Modrich “Real” bilan 6 marta Chempionlar Ligasida g'alaba bo'lgan.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting