locale OZ

Modrich «Milan»ga Luninni qoʻlga kiritishda yordam berishi mumkin

Ukrainalik posbon qishki transferlar vaqtida «Real»ni tark etish haqida oʻylamoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Modrich «Milan»ga Luninni qoʻlga kiritishda yordam berishi mumkin
FOTO: Getty Images

«Milan» ukrainalik darvozabon, Madridning «Real» klubi posboni Andrey Lunin bilan jiddiy qiziqib qolgan. Bu haqida insayder Ekrem Konur X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, «qirollik klubi»ning sobiq yulduzi Luka Modrich «rossonerilar»ga Luninni yangi loyihaga ko‘ndirishda yordam berishi mumkin.

26 yoshli Lunin «Real»ga 2018 yilda kelgan va hozircha asosan zaxira darvozaboni sifatida o‘ynab kelmoqda. Joriy mavsumda u atigi bitta uchrashuvda maydonga tushgan — Chempionlar ligasida «Olimpiakos»ga qarshi o‘yinda (4:3).

Luninning Madrid klubi bilan tuzgan shartnomasi 2030 yil iyun oyining oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 18 million yevro deb baholamoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting