Modrich \"Milan\" taklifini rad etdi
U boshqa variantlarni ko‘rib chiqmoqda
Photo: Getty Images
“Milan” klubi Luka Modrich bilan shartnoma imzolashni rejalashtirgan edi.
La Repubblica xabariga ko‘ra, 39 yoshli xorvatiyalik yarim himoyachi "Real"dan "Milan" klubiga o‘tishga rozi bo‘lgan. Tomonlar faol muzokaralar olib bormoqda, "Milan" bir yilga shartnoma imzolashni kutmoqda.
Jurnalist Mario Kortegana bu ma’lumotni rad etdi. Uning aytishicha, Modrichga turli klublardan bir nechta takliflar bor, Luka hali yakuniy qarorga kelmagan.
O‘tgan mavsum yarim himoyachi La Ligada 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist