Modrich ketganidan so'ng “Real”da 10-raqamni kim olishi ma'lum bo'ldi
FOTO: Getty Images
Xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrich “Real Madrid”ni tark etganidan so'ng uning 10-raqamini jamoada kim olishi ma'lum bo'ldi.
Footmercato nashrining xabariga ko'ra, Madrid klubi rahbariyati bo'sh turgan raqamni fransiyalik hujumchi Kilian Mbappega taklif qilgan.
“Real”dagi ilk mavsumida Mbappe 9-raqamda harakat qildi. Manbaga ko'ra, futbolchi klub taklifiga ijobiy javob bergan va ehtimol uni qabul qiladi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq 39 yoshli xorvatiyalik futbolchi “Real” bilan muddati tugaydigan shartnomasini uzaytirmasligi ma'lum bo'lgandi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist