locale OZ

Millatlar Ligasi finali bir muxlisning umriga zomin bo'ldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Millatlar Ligasi finali bir muxlisning umriga zomin bo'ldi
FОТО: AFP
UEFA Millatlar ligasi. A liga
08.06.2025, Yak.
Portugaliya
2
Ispaniya
2

UEFA Millatlar Ligasi finalidan o'rin olgan Ispaniya va Portugaliya o'rtasidagi uchrashuv vaqtida bir muxlis tribunaning ikkinchi qavatidan yiqilib, fojiali tarzda vafot etdi. Marhum sakkiz metr balandlikdan press qutisiga qulab tushgan. Bu haqda AFP nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, voqea o'yinning qo'shimcha bo'limlarida sodir bo'lgan. Favqulotda vaziyatlar xizmatining tezkor aralashuviga qaramay, muxlisning hayotini saqlab qolishning iloji bo'lmagan. Hozirda mazkur holat bo'yicha huquq-tartibot idoralari tomonidan o'rganish ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Millatlar Ligasi finalida Portugaliyaning qo'li baland keldi. Asosiy va qo'shimcha bo'limlarda 2:2 hisobi qayd etildi va jamoalar penaltilar seriyasiga murojaat qilishdi. Unda esa omad portugallarga kulib boqdi (5:3).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting