locale OZ

Lamin Yamal Krishtianu Ronalduga qarshi o'ynash haqida gapirdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Lamin Yamal Krishtianu Ronalduga qarshi o'ynash haqida gapirdi
FOTO: Getty Images
UEFA Millatlar ligasi. A liga
08.06.2025, Yak.
Portugaliya
2
Ispaniya
2

Ispaniya terma jamoasi va Kataloniyaning “Barselona” klubi vingeri Lamin Yamal Millatlar Ligasi finalidan o'rin olgan Portugaliyaga qarshi bahs haqida fikr bildirar ekan, Krishtianu Ronalduga ham alohida to'xtalib o'tdi.

“Ronaldu bilan to'qnash kelishimmi? U futbol afsonasi, albatta, hurmatga loyiq. Ammo men o'z vazifamni bajarishga harakat qilaman. Mening maqsadim - bu o'yinni yutish”, - deydi Yamal.

Eslatib o'tamiz, 17 yoshli Yamal Fransiyaga qarshi yarim final o'yinida dubl qayd etib (5:4), Ispaniyani Millatlar Ligasi finaliga olib chiqqandi. Hal qiluvchi bahs esa bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start oladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting