Militao jarohati sabab nomaʼlum muddatga safdan chiqdi
Braziliyalik himoyachi Tunisga qarshi o‘yinni erta yakunladi.
FOTO: Getty Images
Madridning «Real» klubi 27 yoshli braziliyalik himoyachi Eder Militaoning jarohati olganini ma’lum qildi. Bu haqdagi «Qirollik klubi» matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Bugun «Real» tibbiyot xizmati tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv natijalariga ko‘ra, bizning futbolchimiz Eder Militao o‘ng oyog‘ining katta olib kiruvchi mushagidan jarohat olgani aniqlandi. Qo‘shimcha ma’lumotlar keyinroq e’lon qilinadi», — deyiladi klubning rasmiy bayonotida.
Maʼlumot uchun, Militao Braziliya va Tunis terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvida jarohat oldi. «Dekatlon Arena — Pyer-Morua» (Vilyon-d’Ask, Fransiya) stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda himoyachi 60-daqiqada almashtirilgan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist