locale OZ

“Milan” “Manchester Siti”ning Reynders bo'yicha birinchi taklifini rad etdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Milan” “Manchester Siti”ning Reynders bo'yicha birinchi taklifini rad etdi
FOTO: Getty Images

Italiyaning “Milan” klubi “Manchester Siti”ning Tijani Reynders bo'yicha yuborgan taklifini rad etdi. Bu haqda jurnalist Matteo Moretto xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, inglizlar 26 yoshli gollandiyalik futbolchi uchun 60 million yevro taklif qilgan, ammo “rossonerilar” bu summani yetarli emas deb hisoblaydi.

Qayd etilishicha, “Manchester Siti” tez orada yanada yaxshilangan taklif bilan chiqishi kutilmoqda.

Ma'lumot uchun, Reynders o'tgan mavsum A Seriyasining eng yaxshi yarim himoyachisi deb topildi. U chempionatda 37 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting