locale OZ

«Metallurg» «Lochin» darvozasiga javobsiz 5 ta to‘p kiritdi

O‘yinda to‘liq ustunlikka erishgan jamoa yirik hisobda g‘alabani tantana qildi.
«Metallurg» «Lochin» darvozasiga javobsiz 5 ta to‘p kiritdi
photo: Metallurg FK

O‘yinda to‘liq ustunlikka erishgan jamoa yirik hisobda g‘alabani tantana qildi.

Birinchi bo‘limda qator imkoniyatlarga ega bo‘lgan bo‘lsak-da, tanaffus arafasidagina raqib darvozasi tomon yo‘l topishni uddaladik. Azizbek Abdumo‘minov imkoniyatdan unumli foydalanib, tanaffusga jamoalar 1:0 hisobida chiqib ketishini taʼminladi.

Ikkinchi bo‘lim ham jamoamizning goli bilan boshlandi. 48-daqiqada burchakdan uzatilgan to‘pni Yochich darvozaga joylab qo‘ydi.

55-daqiqada Azizbek Abdumo‘miniv dubl rasmiylashtirgan bo‘lsa, hujumchilarimiz Navro‘zbek Iminjonov hamda zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Maksvel da Silva bittadan hisobiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi.

“Metallurg” — “Lochin” 5:0
Bekobod. “Metallurg” stadioni

Bosh hakam: Umidjon Rahimjonov
Yordamchilar: Islom Nosirov va Otabek Mamatov
Nazoratchi: Baxtiyor Tagayev
Komissar: Feruz G‘aniyev
Gollar: Azizbek Abdumo‘minov, 44 (1:0), Branmir Yochich, 48 (2:0), Azizbek Abdumo‘minov, 55 (3:0), Navro‘zbek Iminjonov, 62 (4:0), Maksvel Da Silva, 90+1 (5:0)

“Metallurg”: 21.Mohirbek Komilov, 3.Mirziyod Mirodilov, 4.Branimir Yochich, 5.Samandar Ochilov, 10.Marko Milichkovich, 14.Azizbek Abdumo‘minov (Javohir Jo‘rayev 79), 15.Vladimir Bubanya, 17.Navro‘zbek Iminjonov (Maksvel), 20.Dostonbek Abdulhayev (Davronbek Sulaymonov 85), 22.Sanjar Shoahmedov (Jasur Azimov 72), 77.Asadbek Karimov (Saidumarxon Saidnurullayev 72).
Zaxira: 1.Dilruh Aliyev, 32.Suhrobjon Sultonov, 6.Sherzod Komilov, 70.Muhammadbobur Mo‘ydinov.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting