Messi, Ronaldo va Yamal bilan bir qatorda — Satpaev dunyoning eng samarali 16 yoshli futbolchisiga aylandi


Qozog‘iston milliy terma jamoasi va Almataning “Qayrat” klubi hujumchisi Dastan Satpaev 2025 yilning eng samarali 16 yoshli futbolchilari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi. Statistik maʼlumotlarga ko‘ra, u joriy mavsumda rasmiy uchrashuvlarda (Qozog‘iston Premer-ligasi, kubok bahslari va terma jamoa o‘yinlari) 9 ta gol urgan va bu borada o‘z tengdoshlarini ortda qoldirgan.
Ajablanarlisi shundaki, ushbu ro‘yxatda Lamine Yamal, Kylian Mbappe, Robert Lewandowski, Lionel Messi, Cristiano Ronaldo kabi futbol yulduzlari ham qayd etilgan.
Satpaev Qozog‘iston Premer-ligasining 2025 yilgi mavsumida 14 ta o‘yinda 8 ta gol va 3 ta assist muallifi bo‘ldi. Shuningdek, Qozog‘iston kubogidagi 2 uchrashuvda ham maydonga tushib, 1 ta gol urdi.
Bu natijalar Noite de Copa portali tomonidan eʼlon qilingan statistikada qayd etilgan bo‘lib, yosh futbolchi xalqaro darajada ham eʼtirofga sazovor bo‘lmoqda.

Futbol
Kecha da 17:12

Futbol
Kecha da 14:05

Futbol
Kecha da 11:42