locale OZ

Messi PSJ'dagi faoliyati haqida: “Bir kun ham baxtli yashamaganman”

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Messi PSJ'dagi faoliyati haqida: “Bir kun ham baxtli yashamaganman”
FOTO: Getty Images

Argentina terma jamoasi va “Inter Mayami” klubi hujumchisi Lionel Messi PSJ'dagi faoliyati haqida gapirdi.

“Ikki yil davomida rohatlanmadim, kundalik hayotimda baxtli emas edim. Bu men uchun yaxshi vaqt bo'lmagan. Bir kunim ham - mashg'ulotlar ham, o'yinlar ham meni qoniqtirmagan. Moslashish juda qiyin bo'lgan”, - deydi Messi.

Eslatib o'tamiz, Messi 2021-yildan 2023-yilga qadar PSJ safida to'p surgan. Bu davr ichida u barcha turnirlarda 75 ta o'yinda maydonga tushib, 32 ta gol urgan va 35 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting