locale OZ

Messi Lamin Yamalni o'zi bilan taqqosladi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Messi Lamin Yamalni o'zi bilan taqqosladi
FOTO: Getty Images

“Inter Mayami” klubi hujumchisi Lionel Messi “Barselona”ning 17 yoshli vingeri Lamin Yamal haqida gapirdi.

“Yamal nimaga erishgani va erishayotgani juda hayratlanarli. U allaqachon Ispaniya terma jamoasi bilan Yevropa chempioni bo'lgan.

U endigina 17 yoshda, u hali ham o'sib bormoqda va men kabi o'z o'yin arsenalini kengaytirib, futbolchi sifatida rivojlanishda davom etadi. U ajoyib fazilatlarga ega. U allaqachon dunyodagi eng yaxshilardan biri”, - deydi Messi.

Ma'lumot uchun, Yamal joriy mavsum barcha turnirlarda 44 ta o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 21 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 180 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting