Messi: «Hayotda o‘rganganimning barchasi Argentinada shakllangan. Bu esa «Barselona»dagi yangi hayotimga kuch boʻldi»
«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi vatani Argentina va «Barselona»ga koʻchib oʻtgan ilk yillari haqida soʻzlab berdi.
«Argentina men uchun bolaligimdan boshlab hamma narsam edi. Hayotda oʻrganganimning barchasi — aynan u yerda, oilam bagʻrida shakllangan. Otam va onam menga bergan qadriyatlar, tarbiya — bularning barchasi hayotimning poydevori boʻlib qolgan.
Keyin esa «Barselona»ga koʻchib oʻtdim — bu yangi mamlakatda hech kimni tanimasdim, hammasini qaytadan boshlashimga toʻgʻri keldi. Ammo vaqt oʻtishi bilan oʻsha tajribalar yangi hayotimga kuch boʻldi», — dedi Messi.
Maʼlumot uchun, Lionel Messi joriy mavsum MLSda 28 ta oʻyinda maydonga tushib, 29 ta gol urdi va 19 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, u muntazam mavsumning eng yaxshi toʻpurari boʻldi.