locale OZ

Messi «Barselona»ni tark etishi haqida: «Klubni xohlaganimdek tark eta olmadim»

Argentinalik yulduz 2021 yilning yozida kataloniyaliklar safini tark etgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Messi «Barselona»ni tark etishi haqida: «Klubni xohlaganimdek tark eta olmadim»
FOTO: Getty Images

Argentina milliy jamoasi va «Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi 2021 yilda «Barselona»ni tark etgani haqidagi his-tuygʻulari bilan boʻlishdi.

«Men oʻsha davrni gʻalati his-tuygʻular bilan eslayman. Pandemiya sababli soʻnggi mavsumimni muxlislarsiz oʻtkazishga majbur boʻldim. Men klubni orzu qilganimdek tark eta olmadim. Butun faoliyatimni «Barselona»da oʻtkazishni tasavvur qilgandim», — dedi Messi.

Eslatib oʻtamiz, Messi 2003 yildan 2021 yilga qadar «Barselona» sharafini himoya qilgan. Bu davr ichida u barcha turnirlarda 778 ta oʻyinda maydonga tushib, 672 ta gol urgan va 303 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Argentina yulduz shu vaqt ichida 10 marta Ispaniya chempioni, 7 marta Ispaniya Kubogi va 4 marta Chempionlar ligasi gʻolibi boʻlgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting