locale OZ

«Menga takliflar bo‘lganmi? Ha, albatta». Desham — unga “Real” tomonidan bo‘lgan qiziqish haqida

Shuningdek, u 2026 yilgi jahon chempionatidan keyingi kelajagi haqida gapirib berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Менга таклифлар бўлганми? Ҳа, албатта». Дешам — унга «Реал» томонидан бўлган қизиқиш ҳақида
ФОТО: Getty images

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham Madridning “Real” klubi bosh murabbiyligiga nomzodlar ro‘yxatida borligini izohladi hamda 2026 yilgi jahon chempionatidan keyingi kelajagi haqida gapirib berdi.

“Men dastlabki saralashda nomzodlar ro‘yxatida bo‘lganman. Eshimda, o‘g‘lim bu haqda menga hazillashib aytardi, chunki men bilan ikki yil davomida shunday bo‘lgan. Men 2007 yilda “Yuventus”dan ketganman va deyarli barcha nomzodlar ro‘yxatida bo‘lganman, lekin o‘g‘lim muammo mening doim o‘sha ro‘yxatlarda paydo bo‘lishimda ekanligini aytardi. Bu rostmi yoki yo‘qmi, tafsilotlarga berilmayman, chunki buning ahamiyati yo‘q.

Menga takliflar bo‘lganmi? Ha, albatta. Hozir bu meni qiziqtirmaydi. Eng muhimi – bugun va ertaga. Ertaga – jahon chempionati. Men o‘zimni doim Fransiya terma jamoasi xizmatida deb hisoblaganman”, – deya Deshamning so‘zlarini keltiradi RMC Sport.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting