«Mellby» tarixda birinchi marta Shvetsiya chempioni bo‘ldi
Ushbu klubga 1939 yili asos solingan.
ФОТО: Getty images
“Mellby” o‘z tarixida birinchi marta Shvetsiya chempioni bo‘ldi.
Anders Torstensson jamoasi 27-turda “Göteborg”ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Chempionat yakuniga 3 ta tur qolganda muddatidan avval chempionlikni rasman qo‘lga kiritdi. Jamoa 2-o‘rindagi “Hammarby”ni 11 ochkoga ortda qoldirmoqda.
“Mellby”ga 1939 yili asos solingan. Chempionlikka qadar klubning Shvetsiya yuqori divizionidagi eng yaxshi natijasi 5-o‘rin edi.
Jamoa o‘ynaydigan Hellevik aholi punkti Shvetsiyaning janubi-sharqiy qismida joylashgan va uning aholisi atigi 1500 kishini tashkil etadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist