locale OZ

Mehdi Taremi Isroilning hujumi natijasida muammoga duch keldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mehdi Taremi Isroilning hujumi natijasida muammoga duch keldi
FOTO: Getty Images

“Inter”ning eronlik hujumchisi Mehdi Taremi Isroilning havo hujumlari tufayli o'z mamlakatini tark eta olmadi. Bu haqda La Gazzette dello Sport xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Taremi Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etish uchun Tehronda uchib ketishi kerak edi, biroq Eron havo hududi xavfsizlik nuqtai nazaridan yopilgan. Hozirda “Inter” 32 yoshli futbolchi bilan aloqada va vaziyatni hal qilishga urinmoqda.

Eslatib o'tamiz, Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati 14-iyundan 13-iyulga qadar AQShda bo'lib o'tadi. Unda 32 ta jamoa 8 ta guruhga bo'lingan holda bosh sovrin uchun kurash olib boradi.

Ma'lumot uchun, “Inter” “E” guruhidan o'rin olgan. Ushbu guruhda milanliklarga “Urava Red Daymonds“, “Monterrey” va “River Pleyt” jamoalari raqiblik qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting