locale OZ

Mbeumo APLning oktyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi

U o‘tgan oyda uchtadan o‘yinda qatnashib, uchta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mbeumo APLning oktyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi
ФОТО: Getty images

"Manchester Yunayted" hujumchisi Brayyan Mbeumo APLning oktyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda Premyer-liga matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.

Oktyabr oyida Mbeumo Angliya Premyer-ligasining uchtadan o‘yinida qatnashib, uchta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. "Qizil iblislar" "Sanderlend" (2:0), "Liverpul" (2:1) va "Brayton" (4:2) klublarini mag‘lub etishdi.

Ma’lumot uchun, “Manchester Yunayted” 10 o‘yindan so‘ng 17 ochko to‘plagan holda Angliya Premyer-ligasi jadvalida sakkizinchi o‘rinda bormoqda.

Shuningdek, jamoa bosh murabbiyi Ruben Amorim oktyabrning eng yaxshi murabbiyiga aylangandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting