Mbappe — YeChLda haftaning eng yaxshi futbolchisi
Mbappe uchun o‘tgan hafta omadli keldi.
ФОТО: Getty images
Yevropa Chempionlar Ligasida 2-turning eng yaxshi o‘yinchisi aniqlandi.
“Qayrat" bilan o‘yinda xet-trikka erishgan “Real” hujumchisi Kylian Mbappe haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Fransiyalik futbolchidan ovozlar soniga ko‘ra dublga erishgan o‘yinchilar — “Manchester City” hujumchisi Erling Haaland, “Napoli” hujumchisi Rasmus Hoilund, “Bude-Glimt” yarimhimoyachisi Jens Hauge ortda qoldi.
Ovoz berish vaqtida Kylian birinchi, ikkinchi o‘rinni Hoilund, uchinchi o‘rinni Hauge va to‘rtinchi o‘rinni Haaland egalladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist