locale OZ

Mbappe YChL tarixida oʻziga xos natija qayd etdi

«Real» hujumchisi «Olimpiakos»ga qarshi bahsda pokkerga erishdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mbappe YChL tarixida oʻziga xos natija qayd etdi
FOTO: Getty Images

«Real» hujumchisi Kilian Mbappe Chempionlar ligasi tarixida safardagi o‘yinlarda eng ko‘p xet-trik qayd etgan futbolchiga aylandi — 4 ta. Bu haqda Squawka xabar bermoqda.

Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 5-turida «Olimpiakos»ga qarshi bahsda (4:3) fransiyalik forvard toʻrtta gol urishga muvaffaq boʻldi.

Mbappe joriy mavsumda allaqachon 9 ta gol kiritdi va o‘zining Chempionlar ligasidagi shaxsiy rekordini yangiladi. Bungacha uning eng yaxshi ko‘rsatkichlari 8 ta golni tashkil qilgan edi — bu natija unga 2020/2021 hamda 2023/2024 mavsumlarida «PSJ» tarkibida erishilgan.

Ayni paytda «Real» Chempionlar ligasi turnir jadvalida 12 ochko bilan beshinchi o‘rinda bormoqda. Keyingi turda madridliklar «Manchester Siti»ga qarshi maydonga tushadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting