locale OZ

Mbappe so'nggi yetti yillikdagi eng yomon natijasini qayd etdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mbappe so'nggi yetti yillikdagi eng yomon natijasini qayd etdi
FOTO: Getty Images

Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe Chempionlar Ligasi chorak finalining javob o'yinida “Arsenal” darvozasiga gol ura olmadi. Shu tariqa, Mbappening samarasiz (gol yoki assistsiz) o'yinlari soni beshtaga yetdi.

OptaJean xabariga ko'ra, bu fransiyalik forvardning 2018-yilning aprel-may oylaridan beri eng yomon natijasi hisoblanadi. O'shanda ham Mbappe ketma-ket beshta o'yinda na gol urgan va na assist bergan.

Eslatib o'tamiz, “Real” Chempionlar Ligasi chorak finalining har ikki o'yinida (1:2, 0:3) “Arsenal”ga mag'lub bo'lib, turnir bilan xayrlashdi.

Ma'lumot uchun, Madrid klubi o'zining navbatdagi o'yinini La Liganing 32-turida “Atletik”ga qarshi o'tkazadi. Mbappe “Arsenal”ga qarshi o'yinda olgan jarohati sabab ushbu o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting