locale OZ

Mbappe “Real”ning o'tgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mbappe “Real”ning o'tgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi
FOTO: Getty Images

Fransiyalik hujumchi Kilian Mbappe “Real Madrid”ning 2024/2025-yilgi mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Mbappe o'tgan mavsum La Ligada 34 ta o'yinda maydonga tushib, 31 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi hamda chempionat to'purariga aylandi.

Shuningdek, u Chempionlar Ligasida 14 ta o'yin o'tkazib, 7 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Ma'lumot uchun, “Real” 84 ochko bilan La Ligada ikkinchi o'rinni egalladi. Chempionlik 88 ochko jamg'argan “Barselona”ga nasib etdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting