locale OZ

Mbappe «Real»dan Konateni sotib olishni soʻradi

24 yoshli himoyachi 2021 yildan buyon «Liverpul» safida toʻp surmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mbappe «Real»dan Konateni sotib olishni soʻradi
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe jamoa rahbariyatidan vatandoshi, «Liverpul» himoyachisi Ibrahima Konateni sotib olish variantini taklif qildi. Bu haqda E-Noticies nashri xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, fransiyalik yulduz «Real» prezidenti Florentino Peres bilan suhbat davomida Konateni klub himoya chizigʻiga mos futbolchi sifatida tilga olgan.

Eslatib oʻtamiz, Ibrahima Konate 2021 yildan buyon «Liverpul» safida toʻp surmoqda. Bu davr ichida u barcha turnirlarda 148 ta oʻyinda maydonga tushdi va jamoa bilan Angliya Kubogi va Liga Kubogini qoʻlga kiritdi.

24 yoshli hujumchining mersisaydliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026 yilda yakuniga yetadi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 55 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting